We Global Football. O'zbekistonning JCH-2026ga chiqish imkoniyati 90 foizdan oshdi

Khoja
23 mar 2025, 08:13
We Global Football nashri JCH-2026 saralash bahslarining 7-turidan so'ng yangilangan reytingni e'lon qildi.

O'zbekiston MTJ Qirg'iz Respublikasini mag'lub etganidan so'ng JCHga chiqish imkoniyatlari keskin oshib ketdi. Terma jamoamizning JCHga chiqish imkoniyati 92,6 foizga baholanmoqda.

Mamlakatimiz milliy jamoasi mundialga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritish uchun da'vogarlar orasida Yaponiya, Eron va Janubiy Koreyadan keyingi 4-o'rindan joy olgan.

Eslatib o'tamiz, Yaponiya terma jamoasi 7-turdan so'ng okean ortida bo'lib o'tadigan turnirga yo'llanmani naqd qilgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: We Global Football