"Vulverxempton" forvardi Fabiu Silva faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi

Alisher Ostonov
22 yanv 2023, 14:22
"Vulverxempton" hujumchisi Fabiu Silva faoliyatini PSVda davom ettiradi.

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar berdi. 20 yoshli portugaliyalik klub bilan shartnoma imzolash uchun Eyndxovenga keldi. U 21 yanvar kuni bo'lib o'tgan "Vitess" (1:0)ga qarshi o'yinga tushdi.

Silva "Vulverxempton"ga 2020 yilning sentyarbida "Portu"dan o'tgandi. U 2022/23 yilgi mavsumning birinchi yarmini "Anderlext"da ijarada o'tkazib, 32ta o'yinda 11ta gol va 4ta assist qayd etdi.

Transfermarkt forvardni 13 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano