Fabiu Silva Ronalduning APLdagi rekordini yangiladi

Eldor Akmurzayev
22 dek 2020
Angliya chempionati 14-turida “Vulverxempton” safarda “Byornli”ga (1:2) imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvda raqib darvozasini ishg'ol etgan Fabiu Silva “bo'rilar” tarixida gol urgan yoshi eng kichik futbolchiga aylandi – 18 yosh, 155 kunlik.

Shuningdek, Silva APLda to'p kiritgan eng yosh portugaliyalik bo'ldi. U Krishtianu Ronalduning (18 yosh, 169 kunlik) rekordini yangiladi.

Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling!


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football.ua