“Vulverxempton” 19 yoshli xavbekni o'z tarkibiga qo'shib oldi
Eldor Akmurzayev
29 yanv 2020, 19:30
“Dijon”ning 19 yoshli yarim himoyachisi Enzo Luaodis “Vulverxempton” a'zosiga aylandi.
U ijara asosida mavsum oxiriga qadar “bo'rilar” tarkibida harakat qiladi. Barchasi ijobiy kechadigan bo'lsa, “Vulverxempton” yozda Fransiya U-20 termasi xavbekini sotib olish huquqiga ham ega.
Luaodis joriy mavsum Liga 1'da 5ta uchrashuv o'tkazdi.