
O'zbekiston Respublikasi hududida vositachilik qilmoqchi bo'lganlar albatta O'zPFLda ro'yxatdan o'tishi kerak bo'ladi. Buning uchun quyidagi hujjatlar O'zbekiston Futbol Federatsiyasi maslahatchi-huquqshunosi (yuriskonsulti)ga taqdim etilish lozim.
1. Pasport nusxasi;
2. O'FF bosh kotibi Sardor Rahmatullaev nomiga ariza;
3. Futbolchi yoki klub bilan shartnoma nusxasi;
4. Vositachilik haqida deklaraciya imzo chekish.
Qayd etish joiz, vositachilar shu yilning 9 avgustiga qadar O'zPFLda ro'yxatdan o'tishi kerak.