

Xabaringiz bo'lsa ushbu mutaxassis mavsumlar oralig'ida G'uzorning “Sho'rtan” klubidan tushgan taklifni qabul qilib, vohaga yo'l olgandi. Ammo, uning G'uzor jamoasidagi faoliyati uzoq vaqt davom etmadi. Ma'lum vaqt davomida “Sho'rtan” bilan birga bo'lgan Volkov klub bilan xayrlashishga qaror qildi. Aynan bu jihat esa klubimiz rahbariyatiga qo'l keldi. Murabbiy “Navbahor”ga qaytish borasida bildirilgan taklifga rozilik berdi. Bundan biroz vaqt oldin jamoamizning Toshkentdagi vaqtinchalik qarorgohiga yetib keldi va ishga kirishdi. Kecha tiklanish jarayonini o'tkazgan jamoamiz a'zolari bugun kechki payt mashg'ulot o'tkazishadi xolos.



