

Diter Xekking boshchiligidagi "Volfsburg" jamoasi o'z tarixida ilk bor Germaniya superkubogida zafar quchdi.
"Bo'rilar" Germaniya superkubogi o'yinida "Bavariya" bilan kuch sinashishdi va penaltilar seriyasi orqali g'oliblikni qo'lga kiritishdi.
Unga qadar "Volfsburg" bir marotaba "Verder" bilan Germaniya superkubogida ishtirok etgandi. Biroq 2009 yilda o'tkazilgan o'yinda bremenliklar "Volfsburg"ni mag'lub etishni uddasidan chiqishgandi.
"Bavariya" ustidan qozonilgan g'alaba "bo'rilar" uchun tarixiy natija bo'ldi.



