Vodiy futboli: "Navbahor" o'rtoqlik uchrashuvida "Metallurg"ga yutqazdi

Narzulla Saydullayev
6 sen 2015, 15:00
Kecha Namanganning "Navbahor" klubi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

"Navbahor": "Metallurg"ga 0:4 hisobida yutqazdik

Kecha Namanganning "Navbahor" klubi Bekobodning "Metallurg" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Bahsda "lochinlar" 0:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi.

"Navbahor" uchrashuvni quyidagi tarkib bilan boshladi: Xo'jaev, Shamsiddinov, Mahammadjonov, Akbarov, Berdimurodov, Samatov, Hasanov, Ahmedov, Shixov, Mahmudov, Erkinov.

"Navbahor" oliy liganing 21-turini Samarqandda "Dinamo"ga qarshi o'tkazadi.


"Qo'qon-1912": Quvondiq Ro'ziev "Mashal"ga qarshi o'ynay olmaydi

Toshkentda kichik yig'in o'tkazib qaytgach, futbolchilarga ikki kun dam berildi. Bugun esa “Mashal”ga qarshi kechadigan o'yinga tayyorgarlik boshlanadi.

Ushbu o'yinda "Qo'qon-1912" yarim himoyachisi Quvondiq Ro'ziev ogohlantirishlari soni to'rttaga etgani bois maydonga tusha olmaydi.

Eslatib o'tamiz, "Mashal"ga qarshi o'yin 12 sentyabr kuni Qo'qonda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia