Vodiy derbisiga chiptalar sotuvga chiqdi

Narzulla Saydullayev
9 may 2018
Ertaga Qo'qondagi "Markaziy" stadionida Farg'ona viloyat derbisi bo'lib o'tadi.

"Qo'qon-1912" viloyatning bosh jamoasi,  Farg'onaning "Neftchi" klubini qabul qiladi.

Derbi uchun chiqarilgan chiptalar bugundan stadion kassalarida sotuvga chiqariladi. Chiptalar doimgidek 10 000 va 15 000 so'mdan sotiladi. Barcha muxlislarni stadionga taklif qilamiz.

"Markaziy" stadion kassalari soat 9:00dan boshlab ishga tushadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz