"Vodiy futboli": "Neftchi"da eng ko'p tomoshabin, "Navbahor" eng qo'pol jamoa

Narzulla Saydullayev
8 iyul 2015, 17:08
Vodiy klublari davralar oralig'idagi tanaffusga chiqib ketishdi.

"Neftchi": Birinchi davrada eng ko'p muxlis bizda

Birinchi davrada muxlis to'plash borasida (uyda va safarda) Neftchi jamoasi peshqadamlikni qo'lga kiritdi – 110903. Bu degani har bir o'yinga o'rtacha 7394 tomoshabin kelgan.

Dastlabki davrada eng ko'p tomoshabin Neftchi – Nasaf uchrashuviga tashrif buyurdi – 17143.


"Navbahor" - Dastlabki davraning eng qo'pol jamoasi

Birinchi davrada eng ko'p kartochkani Namanganning "Navbahor" klubi futbolchilari olishdi - 43ta. Shundan 40tasi sariq kartochka va 3tasi qizil kartochka.


"Andijon": Sanjar Asqaraliev qizil kartochka olgan eng qari futbolchi

Dastlabki davrada maydondan chetlatilgan eng qari futbolchi "Andijon" futbolchisi Sanjar Asqaraliev bo'ldi. U 34 yosh 115 kunligida qizil kartochka oldi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia