"Vodiy futboli". Bugun yoshlar ligasi o'yinlari bo'ladi

Narzulla Saydullayev
1 avg 2015, 15:02
Bugun vodiy klublari yoshlar ligasini boshlab yuborishadi.

"Qo'qon-1912": Akramjon Mamadalievni tabriklaymiz

Bugun "Qo'qon-1912" klubning marketing va matbuot xizmati bo'limini boshqarayotgan Akramjon Mamadalievning tug'ilgan kuni. Shu munosabat bilan u kishini klubimiz rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar, klub xodimlari va futbol muxlislari nomidan chin yurakdan tabriklaymiz. U kishiga sihat-salomatlik, kelgusi ishlariga omad tilab qolamiz.

Bugun 17:00da "Qo'qon-1912" va "Dinamo" yoshlari o'rtasidagi bahs boshlanadi.


"Andijon": Yoshlarimiz "Nasaf"ga qarshi o'ynashadi

Bugun yoshlar ligasi 16-turi doirasida "Andijon" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tadi. O'yin soat 17:30da Oltinko'ldagi stadionda boshlanadi. Barcha muxlislarni ushbu o'yinga chorlaymiz.


"Neftchi": G'uzorda yoshlarimiz "Sho'rtan" mehmoni bo'lishadi

Farg'onaning "Neftchi" klubi delegaciyasi G'uzor shahriga yetib bordi. Bugun jamoaning yoshlari "Sho'rtan"ga qarshi maydonga tushadi. Bahs soat 18:00ga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia