Vladislav Ivanov "Mashal"dan ketdi

Aslanov Jasurbek
31 iyul 2015, 12:00
Jamoamizning rossiyalik legioneri Vladislav Ivanov "Mashal"ning tark etdi.

Futbolchi oilaviy sabablarga ko'ra ikkinchi davrani jamoamizda o'tkaza olmaydigan bo'ldi.  Klub va futbolchi o'rtasida tuzilgan shartnoma bekor qilindi.  

Ivanov birinchi davrada jamoamiz yetakchilaridan biriga aylandi va 12 ta uchrashuvda maydonga tushib raqiblar darvozasini besh bor aniq nishonga oldi.  

Ivanovga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiramiz va keyingi faoliyatiga omad tilaymiz.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcmashal.uz