Vladimir Andreev: "Mashal" ham yaxshi jamoa, ammo..."

Narzulla Saydullayev
27 sen 2020, 19:55
Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Surxon" (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar katta murabbiyi Vladimir Andreev o'z fikrlarini bildirdi.

"O'z futbolchilarimni tabriklayman. Birinchi navbatda ishtiyoq uchun. Yaxshi harakat qildik, gol urdik va g'alaba qozondik. Hozir bu bizga kerakli bo'lgan eng muhim narsa. Jamoamiz o'ziga bo'lgan ishonchni yanada oshiradi. Bizga ishonishlarini so'rab qolardim.

O'yin juda og'ir va qiyin bo'ldi. "Mashal"da ham yaxshi imkoniyatlar bo'ldi. Jamoa tartibli o'yin namoyish etadi. Ammo bu futbol, kimga ko'proq omad kulib boqsa o'sha g'olib bo'ladi. Bugun bizga ko'proq omadimiz keldi", - deydi Vladimir Andreev.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia