Vitsel: "APL Bundesligadan kuchli emas, gap OAV e'tiborida"

Aslanov Jasurbek
13 fev 2019
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Aksel Vitsel Angliya Premer-ligasini boshqa chempionatlar bilan solishtirdi.

"Premer-liga Bundesligadan kuchli deb o'ylamayman. Hamma gap OAVning e'tiborida. Angliya Premer-ligasi o'yinlarini televideniya orqali ko'pchilik tomosha qiladi, chunki uni deyarli hamma yerda ko'rsatishadi. Bazi sabablarga ko'ra, xalqaro OAV Germaniya, Italiya yoki Fransiyadan ko'ra ko'proq Angliyaga e'tibor qiladi. Ammo futbol sifati bo'yicha katta tafovut yo'q" - deydi Vitsel.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sportbuzzer