"Chelsi" Disasini "Lion"ga ijaraga berishi mumkin. Himoyachi bu mavsumda hali o'ynamadi

Alisher Ostonov
7 dek 2025, 13:33
"Lion" "Chelsi" himoyachisi Aksel Disasi bilan aloqada bo'lib turibdi.

"Lion" yanvarda markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda, Klinton Mata va Mussa Niakate yaqinda 21 dekabrda boshlanadigan Afrika Kubogiga yo'l oladi.

"Olimpiyachilar" joriy mavsum birorta ham o'yinda maydonga tushmagan "Chelsi" a'zosi Aksel Disasi bilan muzokara o'tkazmoqda. "Ko'klar" 27 yoshli francuzni mavsum oxirigacha ijaraga qo'yib yuborishi mumkin.

Disasi o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Aston Villa"da ijarada o'tkazgan edi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: L’Équipe