

"Bugun faqat g'alaba uchun maydonga tushdik. Oxirgi o'yinlarda bizda qoniqarsiz natijalar qayd etilayotgandi. Kubok o'yini ikkita o'yindan iborat. Bugun jamoa haqli g'alabaga erishdi. "Andijon" jamoasi yaxshi o'ynadi. Ular ham bugun g'alabaga harakat qilishdi. Biroq biz bugun g'alabani ko'proq xohladik. Muxlislarimizni tabriklamoqchiman.
Omadsiz natijalarning eng asosiy sababi jarohatlar bo'ldi. Klub tarixida bir vaqtning o'zida bunchalik ko'p jarohatlar kuzatilmagandi. Sherzod A'zamov, Maqsud Karimov, Shuhrat Muhammadiev, Saydullo Rahmatov, Ilhom Shomurodov, Dilshod Rahmatullaev va Erkin Boydullaevda turli jarohatlar bor edi.
Gevorkyan shubhasiz jamoa uchun katta yo'qotish. U 2011 yildan buyon jamoamizning eng yetakchi futbolchisi edi. Hayot shunday. Artur vaziyatni o'zgartirishni istadi va "Lokomotiv"ga o'tishga qaror qildi. Bugun Gevorkyan gol urdi va golli pas oshirdi. U haqiqiy professional futbolchi, - deydi Ni.
"Andijon" matbuot xizmati



