Vitaliy Ni: "Yigitlar maydonda borlarini berib harakat qilishdi"

Narzulla Saydullayev
25 may 2019
“Surxon” – “Qo'qon-1912” uchrashuvidan so'ng mehmonlar jamoasi Vice-prezidenti Vitaliy Ni quyidagicha fikr bildirib o'tdi:

- Bugungi bahs yaxshi o'tdi. Ikkala jamoa ham uchrashuvga g'alabani ko'zlagan holda tayyorlangan edi. Bu o'yin davomida ham sezilib turdi. Biz ham bugun faqat va faqat g'alaba qozonish maqsadida edik. Lekin bugun unday bo'lmadi, yakunda imkoniyatni boy berib qo'ydik. Bugun yigitlar maydonda borlarini berib harakat qilishdi. Buning uchun ulardan minnatdorman. Afsus, bugun yakuniy natija bizning foydamizga hal bo'lmadi, - dedi mutaxassis.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz