Vitaliy Levchenko: "Bugungi bahs biz uchun saboq bo'ldi"

Оқил Абдубарноев
2 noya 2022
Coca Cola Superligasining 24-turidan o'rin olgan "Neftchi" – AGMK uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- Yaxshi o'yin guvohiga aylandik. Ko'rganingizdek, uchrashuv so'ngida darvozamizni ishg'ol qilishdi. Birinchi golni olmaliqliklar hujumchisi ortga qaragan holda urdi. Ikkinchi golni esa tezkor qarshi hujum natijasida o'tkazib yubordik. Bu vaziyatda raqib hujumchisi ilgarilib ketdi va to'p kiritilishiga sabab bo'ldi. To'g'risini aytganda, o'yinni qutqarib qolish uchun yaxshi imkoniyatlar bor edi, ammo bu amalga oshmadi. Bugungi bahs biz uchun saboq bo'ldi.

- Goldan so'ng jamoa qarshi hujum va pressingga tayanib qolgandek taassurot qoldirdi...

- Qaysi goldan so'ng? Birinchi? Bu principial jihatdan psixologiya bilan bog'liq. Qachonki yigitlar o'zlarida ishonch hosil qilsa, bunday xatolarga yo'l qo'ymaydi. Gol o'tkazib yuborilgan vaziyatda, tabiiki, qayerdadir parchalanish sodir bo'ldi. Shu bois, o'yin tahlilini qilib, bunday xatolarga qanday yo'l qo'yilganini ko'ramiz. Ehtimol, bu xatolar o'z ustimizda ishlash natijasi o'z-o'zidan bartaraf etilar".


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia