Vitaliy Levchenko: "Shartnomam noyabrda yakuniga etadi"

Aslanov Jasurbek
7 iyul 2025
"Neftchi" - "Xorazm" o'rtasidagi Superliganing 15-tur bahsidan (2:0) so'ng mezbon jamoa ustozi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Vitaliy Levchenko: "O'yin biz uchun juda muhim edi. Natijani o'ylab biroz bosim ostida edik. G'alabaga erishganimizdan xursandman".


- Nega Silvanus Nimelini maydonga tushirmadingiz?

- U endigina yetib keldi, hali ishlash uchun ruxsat olgani yo'q. Ikkinchi davra startigacha formaga kirib olishiga umid qilamiz.


- "Neftchi"da jarohat olganlar ko'p. Bilolxon Toshmirzaev haqida ma'lumot bera olasizmi?

- Bilolxon Toshmirzaev hali to'liq tiklangani yo'q. Umumiy guruhda ishlayotgan bo'lsada og'riq haliyam bor.


- Tanaffusda "Neftchi"ning rejalari qanday?

- O'z bazamizda tayyorgarlik ko'ramiz. Qo'shnilar bilan kelisha olsak shu erda yoki Toshkentda o'rtoqlik o'yinlari o'tkazamiz. Ortiqcha pul sarflashga xojat yo'q, bazamizda hamma sharoitlar bor.


- Ijtimoiy tarmoqlarda Babayan "Neftchi"ga kelishi haqida mish-mishlar paydo bo'ldi. Muxlislar bundan havotirda. Bu ma'lumotlar qanchalik to'g'ri?

- Mish-mishlar har doim bo'lgan. Shartnomam 30 noyabrda yakuniga etadi. Bu menga bog'liq emas.


- Levchenkoga "Navbahor"dan takliflar bo'lyapti degan gaplar bor...

- Qaytaraman, "Neftchi" bilan shartnomam bor, hech kim bilan muzokara o'tkazayotganim yo'q.


- Nimeli qaysi legioner o'rnini egallaydi?

- Hozir biror ismni ayta olmayman. Bu borada qaror qabul qilinmagan.


- "Neftchi" so'nggi 4ta o'yinda 1ta mag'lubiyat, 1ta durang va 2ta g'alaba qayd etdi. Xatolar ustida ishlandimi?

- Kubokdagi mag'lubiyat bizga ruxiy ta’sir ko'rsatdi. Keyin yigitlar o'ziga kelishdi va talab qilingan narsalarni bajarishdi.


- Toma Tabatadze "Nasaf"ga ham bugungidek gol urgandi. Bu sizning ko'rsatmangiz tufayli bo'lyaptimi?

- O'yindan oldin kim qaysi vazifalarni bajarishini bo'lib beramiz. Yigitlar o'zlariga yuklatilgan ishlarni yaxshi uddalashdi va g'alabaga erishdik.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia