

Vitaliy Denisov “Baltika” bilan 1+1 ko'rinishida shartnoma imzoladi.
Himoyachi 2020/21 yilgi mavsumni MFL (RPLdan keyingi divizion)ning boshqa bir vakili “Tom”da o'tkazib, 23 ta o'yinda 2 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirdi.
Eslatib o'tamiz, 34 yoshli o'zbekistonlik ilk professional shartnomasini SSKA (Moskva) bilan tuzgan. Keyinchalik esa u “Spartak” (NN), “Dnepr”, “Lokomotiv”, “Krilya Sovetov”, “Rubin”, “Rotor” va “Tom” jamoalari sharafini himoya qildi.




