Vitaliy Denisov: "Urush bo'lmasin"

Narzulla Saydullayev
24 fev 2022
Futbolchi Ukrainada bo'layotgan notinchliklarga o'z munosabatini bildirdi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq futbolchisi Vitaliy Denisov ayni damda Ukraina va Rossiya o'rtasida bo'layotgan ziddiyatlarga o'z munosabatini bildirib o'tdi. Futbolchimiz o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida "Urush bo'lmasin", -deya yozib qoldirdi.

Eslatib o'tamiz, 35 yoshli o'zbekistonlik futbolchi o'z faoliyati davomida Ukraina hamda Rossiya klublarida o'ynagan. Futbolchi ilk professional shartnomasini SSKA (Moskva) bilan tuzgan. Keyinchalik esa u “Spartak” (NN), “Dnepr” (Ukraina), “Lokomotiv”, “Krilya Sovetov”, “Rubin”, “Rotor”, “Tom” va “Baltika” jamoalari sharafini himoya qilgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia