O'rtoqlik uchrashuvi. “Andijon” Ukraina jamoasi bilan durang o'ynadi

Alisher Ostonov
5 fev 2026, 21:32
Antaliyada yig'in o'tkazayotgan “Andijon” klubi Ukrainaning “Zarya” jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Qiziqarli kechgan bellashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

“Andijon” - “Zarya” (Ukraina) - 0:0.

5 fevral. Antaliya. “Susesi sport markazi” stadioni.

Bosh hakam: Robertas Shmitas.

Yordamchi hakamlar: Vitantis Kazlauskas, Ayvaras Lukoshus.

Zaxira hakami: Egidius Amsheus (barchasi - Litvadan)

“Andijon”: Rahimjon Davronov, Ibrohim Yo'ldoshev, Odil Abdumajidov, Nemanya Chalasan, Mahmud Maxamadjonov, Aleksandr Andronikashvili, Jamshid Boltaboev, Xumoyunmirzo Iminov, Usmonali Ismonaliev, Doniyor Abdumannopov, Po'latxo'ja Xoldorxonov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Damir Temirov, Muhammadkarim Toirov, Sardor Azimov, Kristian Novak, Abbos Abdug'afforov.

“Zarya”: Oleksandr Saputin, Jordan, Gabriel Eskinya, Roman Vantux, Deyan Popara, Artyom Slesar, Pilip Budkivskiy, Malyash Navin, Verley Reynaldino, Bogdan Kushnirenko, Nemanya Andyusich.

“Andijon” bunga qadar Turkiyada “Siverek Belediespor” (Turkiya, 3:0), “Vashash” (Vengriya, 0:4), “Vardar” (Shimoliy Makedoniya, 1:1), “Kaspiy” (Qozog'iston, 0:1) va “Shaxtyor” (Qozog'iston, 0:0, o'yin 55-daqiqada to'xtatildi) jamoalari bilan bahslar o'tkazdi.





O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia