

"O'tgan mavsumga e'tibor bersak - "Ufa" biz uchun noqulay raqib. Murabbiylar shtabimiz raqibning kuchsiz tomonlarini topa oladi deb umid qilaman. Sun'iy maydon o'z ta’sirini o'tkazmay qolmaydi. "Ufa" bilan g'alabasiz seriya? Hamma narsaning oxiri bor. Agar yaxshi narsa haqida o'ylamasang, maydonga chiqishni keragi yo'q. Oldingi uchrashuvlar haqida bosh qotirmaymiz.
Nega uyda g'alaba qozona olmayotganimizni bilmayman. Imkoniyatlar bor, "Terek"ka qarshi o'yinimiz o'xshadi, ammo to'pning darvozaga kirgisi yo'q. Ufada Cherevchenkoga g'alaba taqdim etishga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Bunday raqiblar bilan iloji boricha ko'proq ochko to'plash kerak.
Kecha Rossiya Temir Yo'llaridagi o'zgarishlar haqida xabar o'qib qoldim. Yigitlar bilan bu borada suhbatlashganim yo'q. Buning bizga aloqasi bo'lmaydi deb o'ylayman. Agar o'zgarish bo'lsa bizga bu haqda ma'lum qilishadi. Kutilmagan xodisa ro'y beradi deb o'ylamayman" - deydi Denisov.



