Visente Del Boske: "Jamoamiz qari emas, tajribali"

Narzulla Saydullayev
13 iyun 2014, 13:02
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Visente del Boske Gollandiyaga qarshi o'yindan oldingi matbuot anjumanida o'z fikrlarini bildirdi.
– Jamoamiz qari emas, tajribali, – deydi Del Boske. – Tarkibda bir nechta 30dan oshgan futbolchilar bor, ammo bu normal holat.

Jamoa 2010 yildagiga qaraganda 30 foizga yangilandi. Ispaniya o'tgan yil yoshlar o'rtasida Yevropa chempioni bo'lgandi.

21 kundan buyon ishlayapmiz, 6 kun Braziliyada shug'ullandik. Jamoadagi muhit ajoyib, barchamiz chempionlik sovrinini himoya qilishni o'ylayapmiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-express.ru