Vinisius Realdagi kelajagiga bir qaror keldi

Khoja
24 apr 2025
Real Madrid yetakchisi Vinisius Junior Madridda qolishga qaror qildi.

Braziliyalik hujumchi Saudiya Arabistonidan tushgan katta taklifni qabul qilmadi va Real bilan kelishuvni uzaytirmoqchi.

Ma'lumot uchun, Vinisiusning Real bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchi kamida yana 2 yilga shartnomani uzaytirishni reja qilgan.

Eslatib o'tamiz, braziliyalik hujumchi 2018 yildan beri Real sharafini himoya qilmoqda. U joriy mavsum 47 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 20 ta gol va 14 ta golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.com