Vinisius “Osasuna”ga qarshi bahsda hakamni haqorat qildi

Оқил Абдубарноев
19 fev 2023, 22:34
La Liga doirasidagi “Osasuna” – “Real” (0:2) uchrashuvida noxush hodisa yuz berdi.

Birinchi bo'limning 30-daqiqasida “Osasuna” himoyachisi Moyzes Gomes “Real” hujumchisi Vinisius Juniorni yiqitdi, biroq uchrashuv bosh hakami Xose Munuera ushbu epizod uchun jarima zarbasi belgilamadi.

O'rnidan ko'tarilgan braziliyalik o'yinchi hakamga qarab haqoratli so'zlarni aytib, baqirgan. Munuera esa bu uchun Vinisiusni jazolamadi.

Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuvda madridliklar g'alaba qozondi, Vinisiusning goli esa ofsayd sababli inobatga olinmadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: As