Vinisius: "Neymar bilan bir jamoada o'ynash - orzu"

Mirjalol Normatov
19 noya 2022, 22:13
Vinisius Juniorning fikriga ko'ra, Neymar yosh avlodga katta yordam bermoqda.

"Neymar futbolga yosh bolaligidan kirib keldi va kichkinaligidanoq katta bosimli futbol o'ynadi. Shu sababli u yosh avlodga doimo qayg'uradi.

U bilan bir jamoada o'ynash - orzu. Uning yetakchi sifatida qilayotgan mehnati juda qadrli. U ham o'zining jamoaga yordami orqali termaning yuqori natija qayd etishini tushunib turibdi.

Va bu biz uchun ham yaxshi. Shuningdek, bizning g'alabalarimizni kutayotgan Braziliya xalqi uchun ham", - dedi "Real" vingeri.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal