"Al Ahli" Vinisius Junior uchun 350 million evro taklif qilishga tayyor

Iskandarov Abdulaziz
23 yanv 2025, 09:35
Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubi yozda "Real"ning braziliyalik vingeri Vinisius Juniorning transferiga qiziqish bildirmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, arab klubi rahbariyati Vinisiusni mavsum yakunida qo'lga kiritishga harakat qilib ko'radi. U uchun 350 million evro taklif qilishga tayyor. 

Eslatib o'tamiz, Vinisius "Real"ga 2018 yilning iyul oyida kelib qo'shilgandi. Futbolchining klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Joriy mavsumda futbolchi 26 ta uchrashuvda maydonga tushib 16 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Transfermarket portaliga ko'ra, futbolchining narxi 200 million evroni tashkil qiladi. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Give me Sport