Vinisius: "Anchelotti - yoshlar bilan ishlay oladigan buyuk murabbiy"

Alisher
15 fev 2022, 16:01
"Real"ning hozirgi yetakchilaridan biri Vinisius Junior jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti haqida gapirdi.

"Anchelotti - ko'plab sovrinlarni yutgan buyuk murabbiy. Karlo yoshlar bilan ishlay oladi. U biz bilan ko'p gaplashadi va bu suhbatlar haqiqatdan ham yordam beradi.

U bilan ko'plab videolar ko'ramiz va juda tez-tez maydonga tushamiz. Mendan tashqari, murabbiy bilan bunday aloqa Militao, Rodrigo va Kamavingaga yordam beradi", - deydi Junior.

Bugun, 15 fevral kuni "qirollik klubi" PSJga qarshi Chempionlar Ligasi 1/8 final ilk o'yinini o'tkazadi. Bahs Fransiyada bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 01:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com