Vinger: “Alonso 100 foiz o'yin qoidasini buzib gol urdi”

Aslanov Jasurbek
5 fev 2017, 00:00
“Arsenal” bosh murabbiyi Arsen Venger APL doirasida “Chelsi”dan (1:3) uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi.

“Birinchi gol darvozamizga qo'pollik bilan kiritildi. Bu vaziyatda 100 foiz o'yin qoidasi buzilgan edi. Albatta, biz o'zimiz ham yaratilgan imkoniyatlardan foydalana olmadik. Natijada ikkinchi gol bizni “o'ldirdi”. Biz ishonchsiz harakat qildik. “Chelsi” esa aksincha. Biz tavakkal qilishga majbur bo'ldik. Raqib esa qarshi hujumlarda yaxshi harakat qildi. To'pni ko'p yo'qotdik, o'sha vaziyatlarda bizga tajriba yetishmadi. Individual harakatlarda bir qator futbolchilar o'zlaridan kutilgan o'yinni ko'rsata olishmadi. Sovringa da'vogarlik qila olamizmi? Hozir bunday savollar berishning mavridi emas. “Chelsi” juda yaxshi ko'rinmoqda. Ulardan o'tib ketish qiyin”, deydi Venger.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC.co.uk