"Vilyarreal" Pellegrinini nishonga olgan

Aslanov Jasurbek
11 avg 2016, 12:35
"Vilyarreal" rahbariyati futbolchilar bilan tushunmovchilik tufayli jamoa bosh murabbiyi Marselino Garsiya Toralni iste'foga chiqardi.

Toral jamoa himoyachisi Mateo Musakkioni sardorlikdan mahrum qildi. Bu futbolchiga yoqmadi va ularning orasida kelishmovchilik paydo bo'ldi. Jamoaning yetakchi futbolchilari murabbiy Musakkioga nisbatan nohaqlik qilayotganlikda aybladi. Bundan tashqari, Toral rahbariyat bilan ham kelisha olmagan.

Ma'lumotlarga ko'ra, Ispaniya klubi "Manchester Siti" sobiq ustozi Manuel Pellegrini bilan kelishib olmoqchi. Bu mutaxassis 2004 yildan 2009 yilgacha "Vilyarreal"ni boshqargan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS