"Vilyarreal" 40 yoshli darvozabon bilan shartnomani uzaytiradi

Sherzod Nurmatov
8 iyun 2023, 11:53
Tomonlar hamkorlikni davom ettirishadi.

"Relevo" xabariga ko'ra, "Vilyarreal" posboni Pepe Reyna bilan kelishuvni uzaytiradi. Tomonlar "1+1" sxemasi bo'yicha yangi bitim imzolaydi.

Ispaniyalik futbolchi 2022 yilning yozidan buyon "sariq suvosti kemasi" safida to'p tepadi. O'tgan mavsumda 40 yoshli darvozabon barcha musobaqalarda 32 ta o'yin o'tkazib, 8 marta darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Oldinroq "Vilyarreal" Xorvatiya terma jamoasi darvozaboniga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Espana