"Vilyarreal" 12 mln evro evaziga "Reyms"ning eng yaxshi to'purarini xarid qildi

Alisher
15 iyul 2021, 10:16
"Vilyarreal" "Reyms" bilan forvard Bulaye Dianing transferi borasidagi kelishuvni e'lon qildi.

Ispan klubi 24 yoshli Senegal terma jamoasi o'yinchisi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.

Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, "Vilyarreal" Dia uchun 12 mln evro to'ladi.

Dia o'tgan mavsum Liga 1 doirasida "Reyms" safida 36ta o'yinda 14ta gol urib, jamoaning eng yaxshi to'purariga aylangandi.

Eslatib o'tamiz, "Vilyarreal" Yevropa Ligasining amaldagi g'olibidir.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: villarrealcf.es