
“Asosiy tarkibdan hali o'rin egallamaganligimni bilaman. Biroq undan joy olish uchun bor kuchimni ishga solaman.
Men mashg'ulotlarda yaxshi qatnashaman, yaxshi o'ynashga, bosh murabbiy va muxlislar ishonchiga kirish uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilishga harakat qilaman.
Angliyada o'ynashim, terma safida Braziliyaga borishga imkon yaratadi. Lekin bularning barchasi o'z qo'limda.
Men yaxshi o'ynashim va manashu chaqiruvga loyiq bo'lishim kerak. Avvaliga “Chelsi”ning asosiy tarkibidan o'rin olsam bo'lgani”, - deydi Villian.