Villian: "Chelsi"ga o'tish - hayotimdagi eng yaxshi voqealardan biri"

Aslanov Jasurbek
25 dek 2015, 15:18
"Chelsi"ning 27 yoshli yarim himoyachisi Villanning takidlashicha, u 2013 yilda "Chelsi" safini to'ldirganidan afsusda emas.

"Buni tasvirlab bera olmayman, ammo "Chelsi"ga o'tish - hayotimdagi eng yaxshi voqealardan biri. Orzuim amalga oshdi, bu yerda o'zimni baxtli his qilyapman. "Chelsi" safida to'p tepishdan va klub bilan birga sovrin yutishdan xursandman" - deydi Villian.

Villian Premer-liganing joriy mavsumida 16 uchrashuvda maydonga tushib, 2ta golli pas berdi va o'z hisobiga 2ta gol yozib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: A Bola