Villian “Chelsi”da qoladi

28 iyul 2020, 08:32
Braziliyalik futbolchi Londonda ketmaslikka qaror qildi.

Qayd etilishicha, braziliyalik 31 yoshli yarim himoyachi Villian “Chelsi” bilan shartnomasini uzaytiradi. Uning yangi shartnomasi 2022 yil yoziga qadar mo'ljallangan bo'ladi.

Villian joriy mavsum “Chelsi” safida barcha musobaqalar doirasida 47 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports