Villian: "Chelsi"da baxtliman va shu yerda qolishni rejalashtirmoqdaman"

27 okt 2019, 20:15
"Chelsi" yarim himoyachisi Villian boshqa klubga o'tishni rejalashtirmayotgani haqida ma'lumot berdi.

"Albatta, agar "Korintians" haqida gapirsak shuni aytishim kerakki, bu klub menga hayot yo'limni ochib bergan. Unga juda ham bog'lanib qolgandim, lekin to'g'risi Braziliyaga qaytish haqida o'ylamayapman. 

O'ylaymanki, hali Yevropada o'ynash uchun etarlicha "porox"ga egaman. Menga talab bor. 

"Chelsi"da baxtliman. Ha, shartnomam yakuniga etmoqda va mavsum so'nggida tugaydi. Lekin, bu yerda baxtliman va qolishni rejalashtiryapman", – deydi Villian. 

O'xshash yangiliklar


Manba: metro.co.uk