Villash-Boash Adebayorni qalpoq tufayli maydonga tushirmagan ekan

Narzulla Saydullayev
4 yanv 2014, 15:05
Daily Mail nashrining xabariga ko'ra, "Tottenxem" sobiq ustozi Andre Villash-Boash va hujumchi Emmanuel Adebayorning janjallashib qolishiga oddiy qalpoq sabab bo'lgan ekan.
Jamoaning yig'ilishlaridan birida togolik futbolchi xonaga bosh kiyimida kirib keladi, portugaliyalik murabbiy undan qalpog'ini echishini so'raydi, biroq Adebayor bunga amal qilmagan.

O'rtada ikki tomon o'rtasida og'izaki janjal bo'lib o'tgan. O'sha voqeadan Villash-Boash Adebaorni boshqa maydonga tushirmasligini aytgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net