Viktor Kumikov: "Bizga juda zarur bo'lgan ijobiy natijani qo'lga kiritdik"

Sherzod Nurmatov
7 may 2022, 20:10
Pro liga 7-turi doirasidagi "Andijon" – "Mashal" (2:1) bahsidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida

- Qiyin uchrashuv bo'ldi. Har ikki jamoa Superligaga chiqish uchun astoydil kurashmoqda. "Mashal" bejiz Pro ligada 1-o'rinda emasdi, shu paytgacha mag'lub bo'lishmagandi. Bizga juda zarur bo'lgan ijobiy natijani qo'lga kiritdik, bundan quvonsak bo'ladi. Bizda talaygina imkoniyatlar bo'ldi. Birinchi taymda e'tiborni yo'qotib, gol o'tkazib yubordik.

- O'yindan qoniqdingizmi?

- G'alaba qozonsak, har doim mamnun bo'laman. 

- Nega asosiy darvozabon sifatida Xurshid Xo'jaevni maydonga tushirdingiz?

- Chunki bizda ikki nafar yaxshi darvozabon bor. Keyingi safar balki Adhamovga imkoniyat berarmiz.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia