Vieyra: “Balotelliga bir necha kun dam berdim, chunki...”

30 dek 2018, 09:57
“Nicca” bosh murabbiyi Patrik Vieyraning fikricha, jamoa hujumchisi Mario Balotelli o'z kelajagi borasida aniq bir to'xtamga kelishi lozim.

“Men Marioga bir necha kun dam olish berdim. Sababi u kelajagi borasida aniq bir to'xtamga kelishi lozim. Jamoada qolishni istaydimi yoki ketadimi?! Marioning klub bilan shartnomasi bor. Ammo har narsa sodir bo'lishi mumkin. Balkim biz u bilan kelishuvga erisharmiz” deya Viyeraning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.

Balotelli 2016 yildan buyon “Nicca”da harakat qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u Fransiya chempionatida u 10 ta uchrashuvda ( shulardan 9 ta o'yinni asosiy tarkibda boshlagan) maydonga tushib, birorta ham gol urolgani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports