Patrik Vieyra: "Arsenal"ga yetakchi yetishmadi, Sakadan kutilgani bo'lmadi"

Iskandarov Abdulaziz
26 yanv 2026, 09:55
Londonning "Arsenal" klubi sobiq yarim himoyachisi Patrik Vieyra "kanonirlar"ning Angliya Premer-ligasining 23-turida "Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuvdagi (2:3) mag'lubiyatiga munosabat bildirdi.

Ular hali ham to'rt ochkolik ustunlikka ega, ammo jamoaning ruhiy barqarorligi bo'yicha savollar qolmoqda. "Arsenal" qaytishi kerak: erkin o'ynash, oddiy va samarali harakatlarni namoyish etish orqali oldinga siljish lozim. Futbolchilar o'z eng yaxshi darajasini ko'rsatishi shart - ayrimlarida aynan shu jihat yetishmadi. Jamoaga ruhiy ko'tarinkilik beradigan yetakchi kerak. Saka juda kam ko'rindi. Bunday muhim bahslarda undan yetakchilik va gollar kutgan edim, ammo bunga guvoh bo'lmadim”, - dedi Vieyra BBC’ga bergan intervyusida.

Ushbu o'yindan so'ng "Arsenal" 50 ochko bilan APL turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qolmoqda. "Manchester Yunayted" esa 38 ochko bilan to'rtinchi o'rinda joylashgan.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: BBC