VIDEO. "Bunyodkor"da xotira va qadrlash kuni

Narzulla Saydullayev
10 may 2017
Yurtimizda 9 may Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanib kelinadi.

Shu munosabat bilan bugun, "Bunyodkor" klubi bir qator futbol faxriylari, urush qatnashchilari va jurnalistlar uchun bayram dasturxonini yozdi. Tadbirda "Bunyodkor" klubi direktori Murod Aliev, klub bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov, O'FF faxriylar kengashi raisi Narimon Jalolov, ikkinchi jahon urishi qatnashchilari bo'lgan Botanin Gennadiy Vasilevich hamda Abdurahmanov Telman Abdulovich, "Nuroniy" jamg'armasi Toshkent shahar Kengashi raisi Maxmud Zufarov so'zga chiqib yig'ilganlarni bayram bilan tabriklashdi.

O'tganlar yod etilib quron tilovat qilindi, bayram dasturxoniga milliy taomimiz bo'lgan palov tortildi. Barcha bir-biri bilan dildan suhbat qurdi. Tadbir so'nggida "Bunyodkor" klubi tomonidan faxriylarga esdalik sovg'alari topshirildi.


TAS-IX emas



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia