Vidalning agenti Angliya Kubogi finaliga tashrif buyurdi
Aslanov Jasurbek
31 may 2015
"Yuventus" yarim himoyachisi Arturo Vidalning agenti Fernando Felichevich "Arsenal" va "Aston Villa" o'rtasidagi Angliya Kubogi finaliga tashrif buyurdi.
Oldinroq Amerika Kubogidan so'ng Vidal "Arsenal"ga o'tishi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi. "To'pchilar" bosh murabbiyi Arsen Venger esa Vidalga ehtiyoj sezmayotganini ma'lum qilgan.