Vidal "Real" futbolchilarini sichqonlar deb atadi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
2 may 2018, 10:35
"Bavariya"ning chililik yarim himoyachisi Arturo Vidal "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi yarim final javob o'yinidan (2:2) so'ng, "Qirollik klubi" futbolchilarini haqorat qildi.

Uchrashuvdan keyin Vidal "Instagram"dagi sahifasiga "Real" futbolchilarini sichqon deb atagan suratni joyladi. Birozdan so'ng u rasmni o'chirib tashladi.

Eslatib o'tamiz, 30 yoshli yarim himoyachi jarohat tufayli mavsumni qolgan qismini o'tkazib yuboradi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com