

Voqea bahsning 59-daqiqasida sodir bo'ldi. O'sha paytda Kimmix Klaudio Bravoga turtilib ketdi, Vidal esa hamyurtini himoya qildi.
"Uchrashuvda tuyg'ularni jilovlash qiyin. Bir nimalarni oydinlashtirib olishimiz kerak edi. Bahsdan so'ng ko'rishmadik, ammo 20 kundan so'ng uchrashamiz. Unga faqat kamroq gapirib, ko'proq o'ynashi kerakligini aytdim. Biroq hammasi joyida, bu faqat tuyg'ular. Biz do'st bo'lib qolamiz" - deydi Vidal.
"Bu "Bavariya" mashg'ulotida muammo bo'lmaydi. Men hech narsa demadim, u esa bir nimalarni gapirdi. Ammo menga farqi yo'q, futbolda bunaqasi bo'lib turadi" - deydi Kimmix.



