Vidal: "Inter" skudetto uchun da'vogarlik qilayotganini ko'rsatdi"

Alisher
18 yanv 2021, 15:50
"Inter" (Milan) xavbeki Arturo Vidal Italiya A Seriyasi 18-tur doirasidagi "Yuventus" (2:0)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Juda muhim natija. Biz A Seriyaning eng kuchli jamoasi bilan o'ynadik. "Inter" barchaga rostdan ham chempionlik tituli uchun davo qilayotganini ko'rsatib qo'ydi deb o'ylayman.

Biz skudettoni yutishga qodir ekanligimizga ishongan holda davom etamiz", - deydi yarim himoyachi.

"Inter" bu g'alabadan so'ng 40 ochko to'pladi va yetakchi "Milan"dan o'tib ketdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football-Italia