Vidal "Inter" bilan 15 mln. evrolik shartnoma borasida kelishib oldi

Aslanov Jasurbek
31 iyul 2018
"Bavariya"ning chililik yarim himoyachisi Arturo Vidal yaqin vaqt ichida "Inter" futbolchisiga aylanadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi 3 yillik shartnoma borasida kelishib olishdi. Vidalning yillik maoshi 5 mln. evro bo'ladi.

31 yoshli chililik Milan klubiga ijaraga beriladi, ammo kelishuvga ko'ra, "Inter" uni kelasi yozda 20-25 mln. evro evaziga sotib olishi kerak bo'ladi.

Arturo "Bavariya"gacha 4 yil "Yuventus" sharafini himoya qilgan.

So'nggi mavsum Vidal "Bavariya" safida 34ta uchrashuvda maydonga tushib, 6ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia