Vidal faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirishi mumkin

Alisher
19 dek 2021
"Inter" yarim himoyachisi Arturo Vidal "Tottenxem"ga o'tishi mumkin.

34 yoshli chililik ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqchi va "Yuventus" va "Inter"dagi faoliyati orqali yaxshi tanish bo'lgan "shporlar" ustozi Antonio Konte bilan ishlamoqchi.

Vidal 2021/22 yilgi mavsum "Inter" tarkibida 16ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 3ta assist qayd etdi.

Transfermarkt o'yinchini 3,5 mln evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: Football Italia