Vidal: Bravo penaltilar seriyasi oldidan 2-3ta zarbani qaytarishini aytdi

Narzulla Saydullayev
29 iyun 2017, 09:41
Chili yarim himoyachisi Arturo Vidal Klaudio Bravoni maqtadi.

Klaudio – dunyoning eng kuchli darvozabonlaridan biri. Penaltilar seriyasidan avval u 2-3ta zarbani qaytarishini aytdi va buni bajardi. U g'aroyib ishni bajardi.

Konfederatsiyalar kubogi finaliga chiqqanimizdan xursandmiz. Endi dam olamiz va ikki raqibdan birini kutamiz. Meksika va Germaniya – qiyin raqiblar. Orzuimiz amalga oshishi uchun bor kuchimiz bilan harakat qilishimiz kerak.

Biz chempion bo'lmoqchimiz, keyin esa JCH saralashida yaxshi o'ynab keyingi yil Rossiyaga yana qaytib kelmoqchimiz, – deydi Vidal.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: latercera.com