Veynaldum yana "Liverpul" bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi

Alisher
22 sen 2020, 17:14
"Liverpul" yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum klub bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti.

Mersisaydliklar niderlandiyalik o'yinchiga yangi shartnoma taklif qilishdi, ammo u buni rad etdi.

Jorjino 4 yillik shartnomani xohlamoqda, ammo "Liverpul" 11 noyabrda 30 yoshni qarshilaydigan futbolchi uchun uzoq muddatli shartnoma taklif qilmaydi.

Eslatib o'tamiz, xavbek 2016 yildan beri "Liverpul" sharafini himoya qiladi, u bunga qadar "Nyukasl", PSV va "Feyenoord" klublarida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Insider